22 mart, yakşanba kuni Sloveniyada bir palatali parlamentga bölib ötgan saylovlarda boş vazir Robert Golobning “Ozodlik harakati” (GS) partiyasi va Vengriya boş vaziri Viktor Orbanning yaqin ittifoqçisi bölgan Yanez Yanşa boşçiligidagi öng qanotdagi Sloveniya demokratik partiyasi (SDP) saylovçilar ovozlarining deyarli teng miqdorini qölga kiritdi.
Ikki asosiy raqibdan heç biri parlamentdagi 90 örindan 46 tasini taşkil etuvçi mutlaq köpçilikni ta’minlay olmadi.
Saylov komissiyasi 99,85 foiz byulletenlar sanab çiqilganidan keyin ma’lum qilişiça, “Ozodlik harakati” 28,62 foiz natija bilan minimal ğalabaga erişgan, SDP esa 27,95 foiz ovoz olgan.
Sloveniya parlamentiga 5 foizlik tösiqdan ötgan yana yetti partiya ham kirdi — ular orasida yangi hukmron koalitsiyani şakllantirişda hal qiluvçi rol öynaşi mumkin bölgan siyosiy kuçlar ham bor.
Sloveniyadagi parlament saylovlarida öndan ortiq siyosiy partiya va koalitsiya iştirok etdi. Jami 1300 dan ziyod nomzod körsatildi, ular keng siyosiy spektrni ifoda etdi.
Boş vazir Golobning asosiy siyosiy raqibi Yanez Yanşa — populist qaraşlarga ega siyosatçi va AQŞ prezidenti Donald Tramp muxlisi — avval ham uç marta Sloveniya hukumati rahbari lavozimini egallagan edi.
Golob esa 2022 yilda katta siyosatga yangi kirib kelgan şaxs sifatida hokimiyatga kelgan va uçta markaz-söl yönalişidagi partiyadan iborat koalitsiyaga rahbarlik qilgan.
Yanez Yanşa Viktor Orbanning ittifoqçisi sifatida köriladi.
“Sloveniya kiçik Bolqon davlati bölsa-da (Bolqon yarim orolining old Alp qismida joylaşgan — tah.), u yerda ötayotgan saylovlarni Yevropada noliberal tendensiyalar kuçayib borayotganining yana bir belgisi sifatida köriş mumkin”, — dedi Robert Şuman jamğarmasi eksperti Xelen Levi.
1991 yil iyunda Sloveniya sobiq Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi (YuSFR)dan mustaqilligini e’lon qilgan birinçi mamlakat bölgan.
Avvalroq, 18 mart kuni Sloveniya Razvedka va xavfsizlik agentligi (SOVA) mamlakatdagi parlament saylovlari saylovoldi kampaniyasiga xorijiy aralaşuv bölganini tasdiqladi.
Bundan oldin sloven ommaviy axborot vositalari 2025 yil dekabrida Lyublyana şahrida Isroil maxsus xizmatlarining sobiq xodimlari tomonidan asos solingan xalqaro xususiy razvedka va tahlil kompaniyasi Black Cube vakillari bilan Yanez Yanşa örtasida uçraşuv bölib ötgani haqida xabar bergan edi.

















