Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sloveniyada energetika bo‘yicha O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar rejalashtirilmoqda
Sloveniyaga O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida tomonlar energetika, farmatsevtika, logistika, raqamlashtirish va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Jumladan, energetika sohasida uzoq muddatli hamkorlik loyihalarini ishlab chiqishga kelishib olindi.
"Dunyo" AA muxbiri xabar berishicha, Sloveniyaga O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiya tashrifi tashkil etildi.
Tashrif doirasida Lyublyana shahrida O‘zbekiston–Sloveniya Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida tomonlar savdo, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamli transformatsiya, ta’lim hamda energetika kabi istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, Laziz Qudratov Sloveniya bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi va yevropa ishlari vaziri Tanya Fayon bilan uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida farmatsevtika, logistika, kritik minerallar bo‘yicha kooperatsiyani rivojlantirish, o‘zbek mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozoriga olib chiqish masalalari bilan bir qatorda energetika sohasida ham qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Delegatsiya a’zolari Sloveniya kompaniyalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda raqamlashtirish, aviatsiya, kadrlar tayyorlash, farmatsevtika, energetika va sug‘urta yo‘nalishlarida aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarni muhokama qildi. Energetika sohasidagi hamkorlik doirasida, xususan, barqaror energiya manbalari, energiya samaradorligini oshirish va texnologiyalar transferiga oid qator takliflar ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunida Komissiya yig‘ilishi bayonnomasi hamda ikki davlat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. O‘zaro kelishuv va hujjatlar kelgusida energetika, agrosanoat, sanoat va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy va amaliy asos yaratishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
12:53 / 23.03.2026
Sloveniyada liberallar konservatorlarni minimal ustunlik bilan ortda qoldirdi
10:50 / 18.03.2026
Xitoy Buxoroda 75 mln dollarlik “yashil” energiya loyihasini amalga oshiradi
09:05 / 15.03.2026
Prezidentning IIVga e’tirozi, energetik mustaqillik va o‘pirilgan yo‘l - hafta dayjesti
11:23 / 14.03.2026