Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda uchta yon qo‘shni uyda yong‘in yuzaga keldi
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 30 avgust kuni soat 23:50 da Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Chaqqon-2 MFY Chaqqon-2 ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, voqea joyiga zudlikda 6 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari va 1 ta qutqaruv otryadi yuborilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 23:58da yetib borgan va yong‘in soat 00:06da qurshab olinib, soat 00:49da o‘chirilgan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida fuqaro Sh.Sh. va T.X. uylarining 60 kv. metr maydondan shifti, tom qismi va uy jihozlari hamda fuqaro I.M. uyining 30 kv. metr maydonda shifti va tom qismi yonib zararlangan.
Yong‘inning taxminiy sababi - fuqaro Sh.Sh.ning uyidagi elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
08:34 / 08.02.2026
Angrenda ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi
09:52 / 05.02.2026
Yashnobodda ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi
09:11 / 05.02.2026
Olmazor tumanida “Gazel” avtomobili yonib ketdi
22:01 / 02.02.2026