2019 yilning 30 avgust kuni soat 23:50 da Andijon viloyati Oltinköl tumani Çaqqon-2 MFY Çaqqon-2 köçasida joylaşgan uylarda yonğin bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv qismiga xabar kelib tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, voqea joyiga zudlikda 6 ta yonğin öçiriş bölinmalari va 1 ta qutqaruv otryadi yuborilgan. Bölinmalar çaqirilgan manzilga soat 23:58da yetib borgan va yonğin soat 00:06da qurşab olinib, soat 00:49da öçirilgan.
Tan jarohati olganlar va halok bölganlar yöq. Yonğin oqibatida fuqaro Ş.Ş. va T.X. uylarining 60 kv. metr maydondan şifti, tom qismi va uy jihozlari hamda fuqaro I.M. uyining 30 kv. metr maydonda şifti va tom qismi yonib zararlangan.
Yonğinning taxminiy sababi - fuqaro Ş.Ş.ning uyidagi elektr simlarida qisqa tutaşuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

















