Mulserial 4 mlrd dollarga sotildi. Bitim haqida nimalar ma'lum?
Bir hafta oldin AQShning o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Hasbro ishtirokida 4 mlrd dollarlik bitim amalga oshirilgani ma'lum qilingan. E'tiborlisi, kompaniya bu summaga Kanadaning Entertainment One kompaniyasidan “Cho‘chqacha Pepp” mulseriali uchun huquqni sotib olgan. Tengrinews.kz ushbu bitim nimasi bilan e'tiborga loyiqligi haqida so‘zlab berdi.
Hasbro’da My Little Pony, “Transformerlar” va “Monopoliya” brendlari mavjud. “Cho‘chqacha Pepp” mulseriali 40 dan ko‘proq tilga tarjima qilingan, 180 davlatda namoyish qilinadi. Xitoyning o‘zida serial 34 mlrd marta tomosha qilingan.
Serial 2004 yildan beri chiqarib kelinadi. OAV va ijtimoiy tarmoqlarlada multqahramon uchun 4 mlrd dollar berilishi ko‘plab kompaniyalarning kapitallashuvidan ko‘proqligi muhokama qilinmoqda. Misol uchun, agar Rossiya kompaniyalari bilan taqqoslansa, mulserial Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi “Aeroflot”dan (1,8 mlrd dollar) 2 marta qimmatroq turadi.
Qozog‘istonlik bloger Yerjan Rashevning ta'kidlashicha, mulserial qahramoni “Xalik Bank”, KCell, Air Astana va “Kazaxtelekom”ni birgalikda olgandan qimmatroq turadi. “Butun “Kazmunaygaz” 4 ta cho‘chqachaga teng ekan. Nazarimda, biz qandaydir noto‘g‘ri ish bilan shug‘ullanayotgan ko‘rinamiz”, deb kinoya qilgan bloger.
Mavzuga oid
19:45 / 18.01.2019
“Masha va Ayiq” mulseriali Ginness rekordlar kitobiga kiritildi
18:39 / 24.04.2018
«Forsaj» multserialga aylanadi
10:15 / 03.03.2017
Skruj Makdak va "O‘rdaklar qissalari" multseriali yangi variantda ekranlarga qaytmoqda
16:46 / 10.11.2016