Netflix «Forsaj» kinofranşizasi voqealari böyiça animatsion serial suratga oladi. Bu haqda Deadline xabar bermoqda.
Bu Netflix va DreamWorks Animation Television kompaniyasining birinçi qöşma multserialiga aylanadi. Loyihaning ijroçi prodyusserlari Vin Dizel, Nil Moritts va Kris Morgan böladi – jonli harakatdagi «Forsajlar» prodyusserlari.

«Forsaj» multfilmining boş qahramoniga ösmir Toni Toretto aylanadi. U Dominik Torettoning qarindoşidir. Toretto obrazi original filmlarda Vin Dizel tomonidan yaratilgan. Serial şourannerlari etib Tim Hendrik («Voltron: Afsonaviy himoyaçi» animatsion seriali) hamda Bret Xaaland («Qirol Julianga şon-şaraflar bölsin») tayinlandi.







