Hajviy multserial bölmiş South Park ijodkorlari AQŞ prezidentligi saylovida Donald Tramp ğalaba qozongaç, multfilmning yangi ssenariysini özgartirişdi. Avvaldan tayyorlab qöyilgan oldingi seriyasida Hillari Klinton prezident sifatida körsatib ötilgan edi.
Tramp hisobiga yangilangan qism AQŞda 10 noyabrda namoyiş etiladi. Yangi qism - "Oh Jeez" ("Ey, Xudoyim") deb nomlangan. Qism tizeri internetda e'lon qilingan.
Variety portalining xabar berişiça, yangi qismda ötkazilgan saylovlar ustidan juda qattiq kulingan. Qahramonlardan birining otasi unga şunday deydi: “AQŞda ayollar hamma narsa bölişlari mumkin, faqat prezident emas”.







