Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan shaxs ushlandi
2019 yil 20 avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Mitan shaharchasida yashovchi 47 yoshli M.Sh. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil 15 avgust kuni Boyovut tumanida yashovchi, 27 yoshli A.X. Sirdaryo tumani “Matonat” MFY hududida unga 2 nafar farzandlarini oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 15000 AQSh dollarini olganligini va bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.X. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026