Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda qismlari 3D-printerda bosilgan haydovchisiz avtobus yaratildi
Foto: Local Motors
AQShning Local Motors kompaniyasi 80 foiz detali 3D-printerda bosilgan va sun'iy ong bilan boshqariluvchi Olli 2.0 mini-avtobusini taqdim qildi. Bu haqda Techcrunch nashri xabar berdi.
Mini-avtobus universitetlar kampuslari, shifoxonalar, yotoqxonalar va harbiy bazalar hududlari bo‘ylab harakatlanish uchun mo‘ljallangan. Avtobus bir quvvatlanishda 160 km yo‘l bosa oladi, maksimal tezligi 40 km/soatni tashkil qiladi. Avtobus o‘z ichiga 12 kishini sig‘dira oladi.
Olli 2.0 radiokarnaylar tizimi va piyodalar uchun mo‘ljallangan old va orqa tomondan ekranlar bilan jihozlangan. Old ekranda avtobusni insonga o‘xshashroq qilish maqsadida ko‘zlar ko‘rsatilishi mumkin. Avtobus, shuningdek, sensor ekranlar hamda yo‘lovchilar kayfiyatini tahlil qilish va yo‘nalishni optimallashtirish tizimi bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25 / 27.12.2025
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
08:25 / 27.12.2025