Jahon | 14:58 / 02.09.2019
16027
2 daqiqa o‘qiladi

«Dorian» bo‘roni Bahama orollariga misli ko‘rilmagan talofat yetkazdi

Foto: REUTERS

"Dorian" bo‘roni Bahama orollarining shimoliy qismiga yetib keldi, deb xabar berdi CNN telekanali. Katta Bahama va Abako orollari tabiiy ofat markazida qoldi. Xoup-Taun shahridagi ko‘ngilli qutqaruvchilar shtabining xabariga ko‘ra, orollarga misli ko‘rilmagan darajada talofat yetgan.

Kuchli shamol uylarning tomlarini va daraxtlarni qo‘porib tashlagan. Jala oqibatida yo‘llar va uylarni suv bosgan.

So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, shamolning tezligi soatiga 280 kilometrga yetgan. Bo‘ron kun davomida Bahama orollarida hukmronlik qilishi, so‘ngra Florida shtati sohillari tomon ko‘chishi kutilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, "Dorian" tezligi pasayadi, ammo bir necha kun davomida saqlanib turadi.

Mavzuga oid