AQŞda qor böroni bois 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi, deb xabar berdi Fox News telekanali. Böron mamlakatning aksariyat qismini qamrab olişi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Fox News xabariga köra, noqulay ob-havo oqibatida 18 mingdan ortiq iste’molçi elektrsiz qolgan, 18ta ştatda favqulodda holat e’lon qilingan.
Milliy meteorologiya xizmati kuçli qor yoğişi va şarqiy Texasdan Şimoliy Karolinaga qadar muzlamalar vujudga kelişini prognoz qilmoqda.
Favqulodda vaziyatlarni boşqariş federal agentligi 250 ming porsiya yegulik, 400 ming litr içimlik suvi va 30ta generator tayyorlab qöydi, deb xabar qildi ABC News telekanali. Xabar qilinişiça, 28ta şaharda qidiruv-qutqaruv guruhi şay holatga keltirilgan.













