Jamiyat | 16:07 / 02.09.2019
18286
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi to‘yxonada yuz bergan janjal pichoqbozlik bilan tugadi

2019 yil 28 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi 21 yoshli I.S. mast holda Buvayda tumanida joylashgan “Gulsanam” to‘yxonasida o‘zaro janjal oqibatida “Jaloyer” MFYda yashovchi 25 yoshli S.T.ni pichoq bilan jarohatlagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada S.T. kasalxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.S. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid