Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Napoli» Fernando Lorente transferini e'lon qildi
Ispaniyalik hujumchi Fernando Lorente rasman «Napoli» a'zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma'lum qilindi.
34 yoshli ispan o‘tgan mavsum oxirida «Tottenhem»ni tark etib, erkin agentga aylangan edi.
U «Yuventus»ni tark etganidan to‘rt yil o‘tib, A Seriyaga qaytmoqda.
Hozircha Lorentening Neapol klubi bilan bitimi shartlari ma'lum emas. OAVda tomonlar ikki yillik shartnoma va 2,5 mln yevro yillik maosh bo‘yicha kelishishgani aytilmoqda.
Yoz davomida Fernandoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Fiorentina» va «Manchester Yunayted» ham kurash olib borgan bo‘lib, ulardan tashqari «Tottenhem» ham uni qaytarish variantini ko‘rib chiqqan.
Ma'lumot uchun, hujumchi faoliyati davomida «Baskoniya», «Atletik», «Yuventus», «Sevilya», «Suonsi» kabi klublarda ham to‘p tepgan.
Mavzuga oid
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
12:10 / 05.01.2025
«Siti» qaytmoqda, «Arsenal» «Liverpul»ni xursand qildi. Kun o‘yinlari
16:53 / 12.12.2023
«MYu» va «PSJ» guruhda qolib ketadimi? YeChLda so‘nggi tur savollari
08:17 / 30.07.2023