Sport | 09:57 / 04.09.2019
7486
2 daqiqa o‘qiladi

Van Deyk yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha yuqori o‘rinni egalladi

Foto: AFP/Getty Images

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk 2018/19 yilgi mavsum Chempionlar Ligasida eng yuqori tezlik ko‘rsatgan futbolchiga aylandi. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar qildi.

«Barselona» bilan o‘tgan yarimfinalning dastlabki bahsida (0:3) gollandiyalik futbolchining tezligi 34,5 km/soatni tashkil etdi.

Ikkinchi va uchinchi natijalar «Manchester Siti» futbolchilariga tegishli bo‘ldi. Leroy Sane «Xoffenxaym»ga qarshi o‘yinda 34,4 km/soat, Kayl Uoker «Tottenhem» bilan bahsda 34,2 km/soat tezlikni ko‘rsatishgan.

Eslatib o‘tamiz, van Deyk UYeFA talqini bo‘yicha 2018/19 yilgi mavsum Chempionlar Ligasining eng yaxshi himoyachisi va eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid