Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo taraqqiyot banki O‘zsanoatqurilishbankni taqdirladi
2019 yil 3 sentabr kuni Singapurda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ning Savdoni moliyalashtirish dasturi – TFP ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zsanoatqurilishbank TFP doirasida ketma-ket ikkinchi bor O‘zbekistondagi eng yaxshi hamkor bank deb topildi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i tushirilgan mahsulotlarning dunyo bozorlarida munosib o‘rin egallashi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2009 yilda ta'sis etilgan OTB Savdoni moliyalashtirish dasturi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy imkoniyatlarini oshirishni ko‘zda tutadi. O‘zsanoatqurilishbank 2013 yildan buyon mazkur Dasturda emitent bank sifatida ishtirok etib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida Bank tomonidan TFP doirasida tadbirkorlik sub'yektlarining 34 ta loyihasi moliyalashtirildi.
Ta'kidlash kerakki, 2018 yilda O‘zsanoatqurilishbank hamda OTB o‘rtasida Savdoni moliyalashtirish dasturida tasdiqlovchi bank sifatida ishtirok etish yuzasidan kelishuv imzolangan bo‘lib, mazkur kelishuv doirasida OTBning kredit kafolatlari ostida tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini moliyalashtirish yuzasidan qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
23:15 / 28.03.2023
Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi
14:10 / 31.10.2022
“O‘zsanoatqurilishbank” xodimlari uchun Tracker-2 va Equinox mashinalari xarid qilinadi
20:00 / 23.12.2021
Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
12:00 / 03.12.2021