Sport | 22:57 / 06.09.2019
73860
2 daqiqa o‘qiladi

So‘rovnoma: O‘zbekiston milliy jamoasini keyingi o‘yinlarda kim boshqarishi kerak?

Tribuna.uz O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida Falastinga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng telegramdagi o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazishdi.

186 ming kishidan ko‘proq o‘quvchiga ega bo‘lgan telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnomada muxlislar milliy jamoani keyingi o‘yinlarda kim boshqarishi kerak, degan savolga javob berishdi.

Natijalarga ko‘ra, so‘rovnomada qatnashgan 32 mingdan ortiq kishining 27 foizi (8500 nafardan ortiq kishi) amaldagi murabbiy Ektor Kuper milliy jamoa boshqaruvida qolishi kerak deb hisoblaydi. 25 foiz respondent esa (8000 nafardan ortiq kishi) «Bunyodkor» ustozi Vadim Abramov milliy jamoaga qaytishini istamoqda.

Qatnashchilarning 24 foizi (8000 nafarga yaqin kishi) xorijdan boshqa murabbiy olib kelish tarafdori ekanini bildirgan. Bundan tashqari, so‘rovnomada qatnashganlarning 8 foizi (2700 nafardan ortiq kishi) milliy jamoani Mirjalol Qosimov, 8 foizi (2700 nafardan ortiq kishi) Ro‘ziqul Berdiyev, 5 foizi (1 500 nafardan ortiq kishi) Shota Arveladze boshqarishi kerak deb hisoblaydi.

3 foiz qantashchi esa (1000 nafardan ortiq kishi) «Navbahor»ga qaytgan Andrey Kanchelskis O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi kerak deb hisoblagan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichidagi keyingi o‘yinni 10 oktabr kuni Yaman terma jamoasiga qarshi Toshkentda o‘tkazadi. Undan oldinroq, 9 sentabr kuni Iroqqa qarshi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Mavzuga oid