To‘qayev: «Davlat o‘z fuqarolarini eshitishga majburdir»
Nur-Sultondagi Mustaqillik saroyida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev raisligida Jamoatchilik ishonchi milliy kengashining (JIMK) birinchi yig‘ilishi boshlandi.
Zakon.kz xabariga ko‘ra, yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad - mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng dolzarb masalalarni muhokama qilish.
To‘qayevning ta'kidlashicha, o‘z murojaatida mamlakat siyosiy tizimini modernizatsiya qilishni davom ettirish zarurligi haqida ta'kidlab o‘tgan.
“Shubhasiz, iqtisodiy islohotlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini o‘zgartirmasdan amalga oshirish mumkin emas.
Ishonchim komilki, Qozog‘iston prezidentlik boshqaruvi shakliga ega bo‘lgan davlat bo‘lib qolishi kerak, ammo parlament siyosiy tizimda o‘zining munosib o‘rnini egallashi kerak.
Siyosiy raqobatga turtki berish, fuqarolarning mamlakat siyosiy hayotidagi haqiqiy ishtirokini kengaytirish va ko‘p partiyaviy tizim rivojiga ko‘maklashish vaqti keldi. Davlat o‘z fuqarolariga quloq tutishga, eng muhimi, ularni eshitishga majburdir.
Biz davlatning ijtimoiy siyosatini qayta tiklashimiz kerak. Milliy iqtisodiyot barcha fuqarolarimizning farovonligini oshirish uchun ishlashi kerak”, - dedi Qozog‘iston prezidenti.
Mavzuga oid
16:31
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi
15:25
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024