Nur-Sultondagi Mustaqillik saroyida Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev raisligida Jamoatçilik işonçi milliy kengaşining (JIMK) birinçi yiğilişi boşlandi.

Zakon.kz xabariga köra, yiğilişdan közlangan maqsad - mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng dolzarb masalalarni muhokama qiliş.

Töqayevning ta'kidlaşiça, öz murojaatida mamlakat siyosiy tizimini modernizatsiya qilişni davom ettiriş zarurligi haqida ta'kidlab ötgan. 

“Şubhasiz, iqtisodiy islohotlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini özgartirmasdan amalga oşiriş mumkin emas.
 
Işonçim komilki, Qozoğiston prezidentlik boşqaruvi şakliga ega bölgan davlat bölib qolişi kerak, ammo parlament siyosiy tizimda özining munosib örnini egallaşi kerak.
 
Siyosiy raqobatga turtki beriş, fuqarolarning mamlakat siyosiy hayotidagi haqiqiy iştirokini kengaytiriş va köp partiyaviy tizim rivojiga kömaklaşiş vaqti keldi. Davlat öz fuqarolariga quloq tutişga, eng muhimi, ularni eşitişga majburdir.
 
Biz davlatning ijtimoiy siyosatini qayta tiklaşimiz kerak. Milliy iqtisodiyot barça fuqarolarimizning farovonligini oşiriş uçun işlaşi kerak”, - dedi Qozoğiston prezidenti.