Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu Boris Jonsonni Boris Yelsin deb atadi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu britaniyalik hamkasbi Boris Jonsonning ismini Rossiyaning sobiq prezidentining ismi bilan adashtirib, Boris Yelsin deb atadi. Bu haqda Haaretz nashri xabar berdi.
U yakshanba kundagi yig‘ilishda Britaniyaga safari haqida so‘zlab bergan.
“Men Londondan juda yoqimli safardan qaytdim, u yerda bosh vazir Boris Yelsin va AQSh mudofaa vaziri bilan uchrashdim”, deb aytgan Netanyaxu.
Ishtirokchilar darhol uni tuzatishgan. Isroil bosh vaziri xatosini anglab, kulib qo‘ygan va uni e'tiborli eshitishayotganini tekshirib qo‘ymoqchi bo‘lganini aytgan.
Jonson iyun oyida Britaniya bosh vaziri bo‘ldi. Uning “adashi” Yelsin esa Rossiyani 1991 yildan 1999 yilgacha boshqargan. U 2007 yilda vafot etgan.
Mavzuga oid
22:31 / 03.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi
21:09 / 29.01.2024