Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar AQShga tahdid qilishdi
Foto: Reuters
AQSh «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortgani Afg‘onistondagi amerikaliklar hayotini jiddiy xavf ostida qoldiradi. «Tolibon»ning rasmiy vakili Zabihullo Mujohid AQShni shunday yo‘qotishlardan ogohlantirdi.
«Amerikaliklar muzokaralardan bosh tortishgani uchun avvalgidan ham ko‘ra ko‘proq jabr chekishadi», - deyiladi harakat tomonidan tarqatilgan bayonotda.
Zabihullo Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar shanba kuniga qadar muvaffaqiyatli kechayotgandi. 23 sentyabrga Afg‘onistonda ichki muloqot boshlanishi belgilangandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 5 sentabr kuni Kobulda sodir etilgan va 12 kishining hayotiga zomin bo‘lgan (jumladan, bir nafar amerikalik harbiy) teraktdan keyin «Tolibon» harakati yetakchilari bilan o‘tkazilishi belgilangan uchrashuvni bekor qildi.
Mavzuga oid
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
14:51 / 18.12.2025
Afg‘oniston yetakchi: O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni keskin oshdi
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
20:27 / 02.12.2025