Jahon | 08:09 / 09.09.2019
7382
2 daqiqa o‘qiladi

Gruziyaning sobiq ichki ishlar vaziri bosh vazir lavozimini egalladi 

Foto: AFP

Gruziya parlamenti sobiq ichki ishlar vaziri Georgiy Gaxariya boshchiligidagi hukumatga ishonch bildirdi. Shu tariqa parlament a'zolari Gruziyaning yangi bosh vazirini, hukumatning yangi tarkibini va dasturini tasdiqlashgan

Ta'kidlanishicha, yangi bosh vazirni 150 deputatdan 98 nafari qo‘llab-quvvatlagan. Gaxariya 2012 yilda parlament saylovlarida “Gruziya orzusi” partiyasi g‘alaba qozongandan keyin mamlakatning beshinchi bosh vaziri bo‘ldi.

U 2 sentyabrda lavozimidan ketishini e'lon qilgan Mamuka Baxtadze o‘rnini egallaydi.  

Gaxariya Gruziyada keng qo‘llab-quvvatlangan vazirlardan biri bo‘lgan, ammo iyunda maxsus kuchlar Tbilisida Rossiyaga qarshi namoyish ishtirokchilarini qattiqqo‘llik bilan tarqatgach, namoyishchilar uning iste'fosini talab qila boshlashgan.

Gaxariyaning nomzodini bosh vazir lavozimiga hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi yetakchisi Bidzina Ivanishvili ilgari surgan.

Yangi bosh vazir 1994 yildan 1999 yilgacha M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida tahsil olgan. 2016 yildan Gruziya iqtisodiyot vaziri, 2017 yil noyabrdan esa ichki ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid