«Valensiya» bosh murabbiyni iste'foga chiqardi
«Valensiya» rasmiy saytida bosh murabbiy Marselino Toral iste'foga chiqarildi.
Mutaxassis iste'fosi sababi keltirilmagan, ammo avvalroq OAVda «ko‘rshapalaklar» prezidenti Piter Lim va murabbiy o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgandi. Tomonlar o‘rtasida muammo kelib chiqishiga esa prezident klubning sportga oid ishlariga aralashishi sabab bo‘lgan.
«Klub Marselinoga o‘tgan ikki yil mobaynida klubga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi. Biz unga kelajakda muvaffaqiyatlar tilaymiz, — deyiladi klub sayti xabarida.
Marselino «Valensiya»ga 2017 yilda bosh murabiy bo‘lgandi. O‘tgan vaqt davomida u jamoa bilan ikki marta Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi, o‘tgan mavsumda jamoa bilan Ispaniya Kubogida g‘alaba qozondi.
Ayni vaqtda klubning yangi bosh murabbiyi nomi ham aniq. Xulen Lopetegiga Ispaniya milliy jamoasi va «Real»da assistentlik qilgan sobiq futbolchi Albert Selades «ko‘rshapalaklar» bosh murabbiyi bo‘ldi.
Shartnomaga ko‘ra, shu vaqtgacha faqat Ispaniya yoshlar jamoalarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan Selades 2021 yil 30 iyunga qadar «Valensiya»ni boshqaradi. Selades futbolchilik faoliyati davomida ham «Real», ham «Barselona»da o‘ynagan. U faoliyatini Honkongda yakunlagan.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida «ko‘rshapalaklar» 3 turda 4 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Jamoa shu haftada, 15 sentabr kuni 4-tur doirasida «Barselona»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Mavzuga oid
17:54 / 31.10.2024
Ispaniyadagi suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
13:12 / 30.04.2024
Levandovski 3 ta gol urib, «Real»ning chempionligini kechiktirdi
15:08 / 23.02.2024
Ispaniyada ko‘p qavatli uyda dahshatli yong‘in ro‘y berdi: qurbonlar bor (video)
02:17 / 20.09.2021