Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliningradda o‘zbekistonlik migrantni yoqib yuborgan shaxs qo‘lga olindi
Kaliningradda O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirishda gumon qilingan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda 12 sentabr kuni Tergov qo‘mitasining mintaqa bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs aniqlandi. U 24 yoshli mahalliy fuqaro bo‘lib chiqdi», - deya aytib o‘tishgan mahkamada.
Qo‘lga olingan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, u xatti-harakatlari yoqmagani uchun O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirgan. Jinoyatchi erkakka belkurak bilan bir necha bor zarba bergan, ertalab voqea joyiga qaytib kelganda esa uni o‘lik holda topgan.
«Jinoyat izlarini yashirish uchun u marhumning jasadini yaqin atrofda joylashgan biohojatxona kabinasiga olib o‘tgan hamda yoqib yuborgan, shundan so‘ng voqea joyidan yashiringan», - deya aniqlik kiritgan matbuot xizmati.
Avvalroq, marhumning jasadi Kaliningradning Pavlik Morozov ko‘chasidagi biohojatxonadan topilgandi. Voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi («Qotillik») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, voqea joyidagi vaziyat qotillik sodir bo‘lganidan dalolat beradi.
Yaqin vaqt ichida gumonlanuvchiga ayblov qo‘yiladi, jinoiy ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025
AQShda o‘n minglab migrantlarning himoya maqomini bekor qilishga ruxsat berildi
20:33 / 13.08.2025