O‘zbekiston | 08:02 / 13.09.2019
2274
1 daqiqa o‘qiladi

Qohirada O‘zbekiston-Misr siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkaziladi

Foto: Getty Images

O‘zbekiston delegatsiyasi Misrga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 15-16 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Misr Arab Respublikasiga tashrif buyuradi.

Qohira shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Misr vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi bosqichida ishtirok etadi, shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid