Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Andijon poyezdi elektr tarmog‘idagi nosozlik tufayli to‘xtab qoldi
Foto: O‘zA
Joriy yil 13 sentabr kuni soat 09:25da tashqi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik tufayli Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poyezdi Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtab qolgan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabarida aytilishicha, ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilinib, temir yo‘lga yetkazib berilayotgan energiya ta'minoti tiklangan. Ayni daqiqada elektropoyezdlarning muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» ma'muriyati yuzaga kelgan noqulaylik tufayli yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 27 avgust kuni Toshkentdan Qamchiq dovoni orqali Andijonga birinchi yo‘lovchi poyezdi yetib borgandi.
Mavzuga oid
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
09:26 / 01.05.2026