Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘alla bozorida davlat intervensiya mexanizmi ishlab chiqiladi
G‘alla bozorida davlat intervensiya mexanizmi ishlab chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.
Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
davlat tomonidan belgilanadigan va bozor narxlarida moliyalashtiriladigan kvota asosida bug‘doy sotib olish mexanizmini joriy etish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solishdan bosqichma-bosqich voz kechish;
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish asosida intervensiyalarni o‘tkazish qoidalarini bozor sharoitlariga moslashtirish uchun strategik oziq-ovqat zaxiralarini tarkibiy qayta shakllantirish.
Shuningdek, oziq-ovqat va iste'mol xavfsizligi tizimini takomillashtirishda ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Idoralararo oziq-ovqat va iste'mol xavfsizligi bo‘yicha kengash tashkil etiladi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga kengash kotibiyati vazifasini yuklagan holda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini institutsional baholashni ta'minlash ko‘zda tutiladi.
Bundan tashqari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta'minlash mexanizmlari ishlab chiqiladi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy obektlar bilan integratsiya qilish choralari amalga oshiriladi.
Aholining oziq-ovqat xavfsizligini baholash hamda qishloq joylarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida iste'mol va daromadlarni o‘rganish bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazish ham mo‘ljallangan.
Oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish va xalqaro darajada tan olingan metodologiyalar hamda ilg‘or tajribalarga asoslangan oziq-ovqat xavfsizligining doimiy monitoringini yuritish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026