Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Hindiston bilan yadro urushi yuz berishi imkoni borligini aytdi
Pokiston bosh vaziri Imron Xonning ta'kidlashicha, qo‘shni Kashmirdagi vaziyat Hindiston bilan yadro urushiga olib kelishi mumkin.
Xonning ta'kidlashicha, u urushga qarshi, biroq “ikkita yadro davlati oddiy urush olib borganda, yadro urushi boshlanib ketishi imkoni bor”, deb yozmoqda The Telegraph nashri.
Pokiston bosh vaziri Hindistonning Kashmirda o‘z-o‘zini boshqarishni to‘xtatish qaroriga boshqa davlatlar munosabatlariga norozilik bildirgan. U Hindistonni qatliomda ayblagan.
Avvalroq Hindiston hukumati Jammu va Kashmir shtatining maxsus maqomini bekor qilib, uni ikki hududga bo‘lib yuborgandi. Bunga javoban Pokiston Hindiston elchisini chiqartirib yuborgan.
Ikki davlat Kashmirni 1947 yildan beri bo‘lisha olmaydi.
Mavzuga oid
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
17:36 / 25.05.2026