Jahon | 23:15 / 18.09.2019
23146
1 daqiqa o‘qiladi

Husiychilar Dubay va Abu-Dabiga hujum qilish bilan tahdid qildi

Foto: AP Photo / Hani Mohammed

Yamanlik husiychilar Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga qilingan hujumlardan so‘ng BAAning bosh shaharlari - Dubay va Abu-Dabiga hujum qilish bilan tahdid qilishdi.

"Biz ilk bor shuni ma'lum qilamizki, bizning BAAdagi nishonlarimiz ro‘yxatida o‘nlab, shu jumladan Abu Dabi va Dubaydagi obektlar ham bor, ular istalgan vaqtda hujumga uchrashi mumkin", dedi husiychilar qurolli kuchlari vakili general Yahyo Sariya. Uning chiqishini "Al-Jazira" telekanali olib borgan.

Avvalroq husiychilar Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishgandi. Biroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo hujumlar Yamandan amalga oshirilganligining isboti yo‘qligini aytgan va bu hujumda Eronni ayblagan. Eron esa bu ayblovlarni rad etmoqda.

Mavzuga oid