Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda yirik ekoturizm markazi ochildi – foto
Navoiy viloyati, Konimex tumanida ekoturizm sohasini rivojlantirish maqsadida yangi va zamonaviy loyiha asosidagi kompleks ishga tushdi.
Loyiha tashabbuskori Azamat Elmuradov tomonidan umumiy qiymati 12 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga bunyod etilgan mazkur ekoturizm markazi bir vaqtning o‘zida ikki ming nafardan ortiq kishini o‘z bag‘riga olish imkoniyatiga ega ekanligi bilan e'tiborga sazovor.

Mazkur turizm markazida o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq milliy taomlari tayyorlanadi. Shuningdek, o‘ziga xos orolcha bo‘lib, bu yerda mahalliy va xorijlik turistlar o‘zlari baliq tutib, pishirib iste'mol qilishlari mumkin.


Musiqali favvora, bolalar attraksionlari, qozoq millatiga xos o‘ndan ortiq o‘tovlar, shifobaxsh tuya suti, sport maydonchasi, madaniy hordiq uchun amfiteatr va qator zamonaviy qulay imkoniyatlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.



Ekoturizm kompleksining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi K.Tursunov, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda bir guruh xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.
Bardoshbek Samad o‘g‘li tayyorladi.
Mavzuga oid
08:28
7 mlrdlik zarar: Navoiyda oltin qazuvchilar ushlandi
20:27 / 08.04.2026
Navoiyda xususiy bog‘cha tarbiyachisi bolalarni kaltakladi
16:48 / 31.03.2026
Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari uydan ishlashga o‘tkazilishi mumkin
22:54 / 30.03.2026