Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurort va ekoturizm hududlarida plastik mahsulotlar taqiqlanadi
O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ekologik talablar kuchaytirilmoqda. Yangi qonunga ko‘ra, ayrim plastik mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish taqiqlanadi.
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, ekologik toza hududlarda kurort va rekreatsiya zonalari uchun qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.
Xususan, ekotizim barqarorligini buzishi, tabiiy landshaft ko‘rinishi hamda yer osti suvlarining gidrogeologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ishlar taqiqlanadi.
Shuningdek, tabiiy obektlar va majmualarga zarar yetkazuvchi sanoat obektlarini qurish va ular faoliyatiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangi tartibga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim plastik mahsulotlarning ishlab chiqarilishi, yetkazib berilishi va sotilishi taqiqlanadi. Bunda tabiiy organik polimer mahsulotlar istisno hisoblanadi.
Bundan tashqari, davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, muhofaza etiladigan tabiiy obektlar va majmualarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa faoliyat turlari ham cheklanadi.
Mazkur qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan keyin kuchga kiradi.
Mavzuga oid
12:06 / 17.11.2025
O‘zbekistonda havo tozalagichga talab keskin oshdi
10:39 / 09.10.2025
Yangiobodda uran koni rekultivatsiyasi yakunlanganidan so‘ng ekoturizm rivojlantiriladi
15:50 / 06.05.2025
Pokiston Zomin tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etadi
09:24 / 12.12.2024