Jamiyat | 20:08 / 23.09.2019
10298
2 daqiqa o‘qiladi

Butunjahon tozalik kuni aksiyasi o‘tkazildi

21-sentabr — Butunjahon tozalik kuni. Butunjahon tozalik kuni — bu inson o‘zi yashab turgan hudud ozodaligini ko‘rsatish, tozalik o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi. Bu kun oddiy boshlanish tarixiga qaramasdan jahonning qator mamlakatlarida ommalashib ketgan. G‘oya dastavval 2008 yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashgan.

Bugungi kunga kelib mazkur kun ko‘ngillilarning bir kun davomida 150 dan ortiq mamlakatni bir maqsad birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakatiga aylandi.    

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat yoshlar ittifoqi hamda “Toza hudud” DUK hamkorligida 21 sentabr kuni Angren shahri, Yangiobod qo‘rg‘oni hududini chiqindilardan tozalash bo‘yicha #trashtagchallenge aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Aksiyada ko‘ngillilar, OAVlari xodimlari, jurnalistlar guruhi faol ishtirok etdi. Aksiya ishtirokchilari xalqaro aksiya hamda hamkor tashkilotlar logotipi tushirilgan kepkalar, futbolkalar hamda hududni tozalash uchun zarur bo‘lgan anjomlar (qo‘lqoplar,chiqindi uchun qoplar) bilan ta'minlandi.                           

Aksiyada jami 200 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Mavzuga oid