Davlat ekologiya qömitasi atrof-muhitga befarq bölmagan davlat, biznes-tuzilma vakillari, jamoatçilik taşkilotlari hamda faol fuqarolarni xalqaro hamjamiyat bilan bir qatorda 2020 yilning 19 sentabr kuni soat 09.00 da boşlanadigan Butunjahon tozalik kunida faol iştirok etişga taklif etadi.

Aksiya poytaxtning ikkita lokatsiyasi böylab ötkaziladi:

- Yakkasaroy tumani Rakat boşi köçasi (möljal La Terrasse);

- Mirobod tumani “Bolajon” istirohat va dam oliş boği (möljal Toşkent kuranti).

Yuqorida bayon etilgan lokatsiyalar böylab ötkaziladigan aksiyada iştirok etişga istak bildirganlar uçun barça zarur vositalar (qölqop, çiqindi uçun maxsus sumka va hokazolar) taqdim etiladi.

Aksiyada iştirok etiş istagan iştirokçilar foto/video materiallarni #WorldCleanUpDayUzb xeştegi bilan joylaştiriş tavsiya etiladi.

Qöşimça ma'lumot uçun: 71 207 07 70 (içki 1034, 5555#).