Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi hamda uning huzuridagi Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi tomonidan ötkazilgan xalqaro aksiya davomida hududlar jami 55,7 tonna çiqindidan tozalandi.

Ma’lumot uçun, World Cleanup Day 2018 yildan beri ötkaziladi. Unda şu paytga qadar 211 davlatdan 114 mln kişi iştirok etgan. Har yili dunyo böylab keng nişonlanadigan uşbu eko-sanada Özbekistonda ham soha xodimlari, eko-faollar, yoşlar, jamoatçilik vakillari iştirokida plogging aksiyalari ötkazib kelinmoqda. Bu eko-tadbirlar orqali aholi gavjum hududlarni çiqindilardan tozalaş an’anaga aylangan.
Aksiya davomida vazirlik va agentlik mutasaddilari, sektorlar mas’ullari, Toşkent viloyati va şahri boşqarmalari hamda tizim taşkilotlar vakillari, yoşlar, eko-faollar, ommaviy axborot vositalari vakillari Toşkent dengizi sohilidagi belgilangan hududni çiqindilardan tozaladi.

Plogging davomida Toşkent dengizi sohili böyida 962 kg çiqindi yiğildi. 200 kg plastik idiş qayta işlaş uçun yuborildi. Yakunda Örmon xöjaligi agentligi jamoasi 1-örinni (223 kg çiqindi), «Yoş ekologlar jamoasi» 2-örinni (175 kg çiqindi) va Toşkent viloyati «Toza hudud» korxonasi jamoasi 3-örinni (155 kg çiqindi) egalladi.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda ötgan yili World Cleanup Day xalqaro eko-aksiyasi doirasida hududlar jami 36,5 tonna çiqindidan tozalangan.



















