Chimyonda avtobus pastlikka tushib ketdi. Uning ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan
Joriy yilning 22 sentabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududida soat taxminan 15:30larda haydovchi U.A Toshkent shahar, ”EASY GO TRANS” MChJga tegishli bo‘lgan “GOLDEN DRAGON” rusumli avtobusida Hindiston davlatining 20 nafar turistlari bilan “Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lining 81-km.da yo‘lning o‘ng chetidagi avtotransportlar turargohida to‘xtagan.
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur avtobus shu vaqtda haydovchisiz va yo‘lovchilarsiz bo‘lgan. Uzatmalar qutisi neytral holatda turgan vaqtida, o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib ketishi natijasida haydovchisiz harakatlanib borib, taxminan 30-40 metrlar yurib, qatnov yo‘lining o‘ng tomonidagi pastlikka taxminan 10 metrlar tushib to‘xtab qolgan.
Avtobus 2016 yilda ishlab chiqarilgan, texnik soz holatda bo‘lgan. Toshkent shahar Transport Boshqarmasi tomonidan litsenziya varaqasi berilgan.
Mazkur holat natijasida, hech kim tan jarohati olmagan avtobus texnik shikastlangan bo‘lib, qisqa muddatlarda avtobusni chiqarish choralari ko‘rilgan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:36 / 26.09.2024
Toshkentda 63 yoshli erkak avtobusda vafot etdi
15:54 / 25.09.2024
Toshkentda ikki avtobus o‘zaro to‘qnashdi
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
20:48 / 10.09.2024