Jamiyat | 14:51 / 23.09.2019
14757
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 10 oktyabrgacha yopildi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi ko‘chalardan biri 10 oktyabrgacha yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmoqlari quvurida  ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan mazkur ko‘chaning O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi yaqinidagi yo‘l joriy yilning 10 oktyabriga qadar qisman yopildi. 

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz, deyiladi Toshkent hokimligi xabarida.

Mavzuga oid