Jamiyat | 17:53 / 23.09.2019
16530
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ucell hamda IT Park hamkorligida 600 mln so‘mlik tanlov

Ucell hamda O‘zbekistondagi birinchi IT Park hamkorlikda dasturchilar uchun nufuzli yangi tanlov – «Ucell mobile challenge 2019»ni e'lon qilishdi. Unda tegishli malakalarga ega bo‘lgan har bir kishi o‘z kuchini sinab ko‘rishi va pul yutuqlarini yutib olish imkonini qo‘lga kiritishi mumkin!

«Ucell mobile challenge 2019» jami uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi:

1. Savdo ilovalari (kafe va restoranlar, savdo vakillari uchun tizim, savdo maydonchasi);

2. Mamlakat aholisi va mehmonlariga foydali ilovalar (turizm, taksi);

3. FinTech sohasi ilovalari (skoring tizimi, pul mablag‘lari monitoringi va hisobini yuritish hamda moliyani boshqarish platformasi, neobank, smartfon orqali to‘lov).

Shuningdek, bo‘lajak ishtirokchilar o‘z ilovalarining quyidagi talablarga javob berishini ham hisobga olishlari lozim: ilova abonentning uyali telefon raqamiga bog‘lanadigan, monetizatsiya usuliga ega bo‘lishi, bitta yoki undan ortiq biznes-vazifani hal etishi, boshqa tizimlar bilan oson integratsiya qilinishi, tezda joriy etila olishi, ishga tushirish va egalik qilish uchun oqilona narxli, axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan xavfsiz, intuitiv tushunarli interfeysli bo‘lishi. Tanlovda yakka holda ham, jamoa bo‘lib ham qatnashish mumkin.

Tanlov g‘oliblari 2019 yil 25 noyabr kuni, 2019 yil 19 oktyabrdan to 10 noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan 23 kunlik xakatondan so‘ng aniqlanadi.

Unda quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:

  • birinchi o‘rin – 300 mln so‘m;
  • ikkinchi o‘rin – 200 mln so‘m;
  • uchinchi o‘rin – 100 mln so‘m.

Barcha xohlovchilar shoshilishlari darkor, chunki arizalar qabul qilishning so‘nggi muddati – 2019 yil 13 oktabr! «Ucell mobile challenge 2019» tanlovida ishtirok eting va yirik pul yutug‘ini qo‘lga kiriting!

* Arizalarni quyidagi manzillarda jo‘natish mumkin: it-park.uz/ru/ucell (rus) yoki it-park.uz/uz/ucell-ariza (o‘zb).

** Tanlov doirasida taqdim etilgan va sovrinli o‘rinlardan istalgan birini egallagan mahsulot mulk sifatida Ucell kompaniyasi hisobiga o‘tkaziladi.

Loyiha hamkorlari:

1. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi;

2. Smile Mobile kontent-provayderi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid