Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Ozarboyjon medali bilan taqdirlandi
Abdulaziz Komilov va Guseyn Guliyev
Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi va unga «Ozarboyjon Respublikasi diplomatik xizmati organlarining 100 yilligi (1919-2019)» yubiley medalini topshirdi.
Elchi Guseyn Guliyev O‘zbekiston rahbariyatiga Ozarboyjon bilan do‘stona va qardosh munosabatlar, Ozarboyjonning arman-ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ mojarosini xalqaro huquq va tarixiy adolat asosida hal qilish borasidagi pozitsiyasini barcha arenalarda aniq qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Elchi hozirgi bosqichda ushbu munosabatlar mamlakatlar xalqlari va davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchi hamda qo‘llab-quvvatlashiga asoslangani va strategik sheriklik munosabatlari sifatida baholanayotganini ta'kidladi.
Abdulaziz Komilov Ozarboyjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatini qutlar ekan, ushbu mukofot uchun Ozarboyjon Respublikasi hukumatiga yana bir bor minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv davomida A. Komilov so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Ozarboyjon munosabatlari barcha sohalarda sezilarli darajada rivojlanib borayotgani, iqtisodiy sohada ko‘plab loyihalarni amalga oshirish boshlanganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
21:36 / 25.12.2025
Qozog‘iston AZAL samolyoti halokati tergovining dastlabki tafsilotlarini oshkor qildi
14:51 / 19.12.2025
Ozarboyjonda Vardanyanga umrbod qamoq jazosi berish talab qilindi
23:13 / 05.12.2025
Ustyurtda «O‘zbekneftgaz» va SOCAR qo‘shma loyihasi ishga tushdi
09:03 / 02.12.2025