Sport | 10:57 / 25.09.2019
10633
1 daqiqa o‘qiladi

Davron Fayziyev «Dinamo» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi

Foto: Tribuna.uz

Samarqandning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Davron Fayziyev iste'foga chiqarildi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati. 

Jamoa rahbariyati Superliga doirasidagi ketma-ket sakkizta mag‘lubiyatdan keyin shunday qarorga kelgan.

«1,5 yil davomida «Dinamo» klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan Davron Fayziyev o‘z arizasiga binoan, lavozimidan ozod etildi.

«Dinamo» PFK hamkorliklik uchun Davron Oripovich Fayziyevga minnatdorchilik bildiradi va mutaxassisning keyingi murabbiylik faoliyatiga omad tilab qoladi.

«Dinamo» PFK rahbariyati ayni damda bosh murabbiy lavozimiga bir qator mutaxassislar bilan muzokara o‘tkazmoqda. Muzokaralar ijobiy yakunlansa, klub bu haqda rasman e'lon qiladi», - deyiladi bayonotda.

«Dinamo» klubi Superliga 20-turidan keyin 18 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid