O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
Joriy yilning 25 sentabr kunidan e'tiboran qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Xorgos va Petropavlovsk shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishlarda “Uzautotrans Service” korxonasi zamonaviy Yutong avtobuslarida xizmat ko‘rsatadi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, “Toshkent-Xorgos” yo‘nalishida qatnovlar haftaning dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 10:00da yo‘lga chiqadi. Chipta narxi esa 200 000 so‘m etib belgilangan.
“Toshkent-Petropavlovsk” yo‘nalishida esa qatnovlar kun ora amalga oshiriladi. Avtobus “Toshkent” avtovokzalidan soat 19:00da jo‘nab ketadi. Mazkur qatnov yo‘nalishida chipta narxi 337 000 so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, bugungi kunda Toshkent-Olmaota, Toshkent-Ushkunur, Toshkent-Qizilo‘rda, Toshkent-Nur-Sulton, Chirchiq-Ushkunur, Chirchiq-Olmaota, Chirchiq-Chimkent, Angren-Olmaota yo‘nalishlarida ham muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:24
Rossiya xavfsizlik kuchlari Ukrainaga qarshi urushdan bosh tortgan harbiyni Qozog‘istondan o‘g‘irlab ketdi
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024