1 oktyabrdan ayrim turdagi mahsulotlarning aksiz solig‘i oshadi

Foto: Shutterstock
Prezident “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani xabar berilgandi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorining 19-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon etildi:
Aksiz solig‘ining qat'iy belgilangan stavkasi natura ifodasidagi aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan holda realizatsiya qilingan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi.
Tabiiy va suyultirilgan gaz bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ishlab berish uchun berilgan (daval) xomashyodan olinadigan benzin va dizel yoqilg‘isiga aksiz solig‘i stavkalari miqdori chakana realizatsiya qilingan benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning aksiz solig‘i hisobga olingan holda benzin va dizel yoqilg‘isining chakana narxlari doirasida shakllantiriladi. Vositachilik shartnomalari bo‘yicha import qilinadigan xomashyodan daval asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilg‘isining hajmi bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilishga aksiz solig‘ini to‘lovchilar, uni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali realizatsiya qilishda aksiz solig‘i 1 litrdan kelib chiqib, boshqa hollarda esa 1 tonnadan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
Yangi “inomarka”lar savdosi 2 barobardan ko‘proqqa kamayib ketdi
Iqtisodiyot | 10:04 / 23.03.2025
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
Sport | 17:29 / 22.03.2025
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hududlarda salkam 100 kg giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi
O‘zbekiston | 11:50
-
Yangi mahsulotlarni buzadigan kutilmagan omil ma’lum qilindi
Jamiyat | 11:46
-
O‘zbekiston hindistonlik sayyohlar sonini uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston | 11:39
-
«Oq uy tasodifan meni o‘z harbiy rejalari bilan tanishtirdi». Atlantic muharririni tasodifan maxfiy harbiy chatga qo‘shib qo‘yishdi
Jahon | 11:29
Mavzuga oid

21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?

10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi

11:27 / 27.06.2021
Soyadagi iqtisodiyot: Odamlar nega soliqdan qochish va yashirin daromad olishga intilishadi?

15:37 / 18.06.2021