Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy undan qolipli non ishlab chiqaruvchilar QQSdan ozod etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Donni qayta ishlovchi korxonalar va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan 2019 yil 30 sentyabrda imzolangan hujjatga ko‘ra, faqatgina mahalliy dondan foydalangan holda ishlab chiqarilgan undan tayyorlangan qolipli nonni ishlab chiqarish va sotish 2020 yil 1 iyulgacha qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.
Shuningdek, shu sanaga qadar donni qayta ishlash korxonalari unining QQS bo‘yicha soliq solinadigan aylanmasi daromad hajmidan kelib chiqqan holda, don qiymatidan tashqari hisoblab chiqariladi. Ushbu tartib 2018 yil sentabr oyida joriy etilgan.
1 oktyabrdan boshlab import qilingan va importda QQS solingan donni qayta ishlovchi korxonalar soliq solinadigan QQS aylanmasini Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.
Mavzuga oid
10:39 / 20.10.2025
O‘zbek noni dunyodagi eng yaxshi 50 ta non qatoriga kirdi
10:51 / 25.08.2025
Aylanmadan olinadigan soliqdan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi
16:11 / 20.08.2025
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
15:52 / 29.07.2025