Jahon | 20:30 / 03.10.2019
48345
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiya prezidentiga Trampning tizzaga urib qo‘yishi yoqmadi (video)

Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvida qiziq voqea yuz berdi. 

Tramp jurnalistning luqma tashlashiga javoban “Finlyandiya — dunyodagi eng baxtli davlat” deb javob bergach, Niinistyoning tizzasiga urib qo‘ygan. 

Biroq Finlyandiya prezidenti bunday “xushmuomalilikka” tayyor bo‘lmagan ko‘rinadi, shu zahotiyoq qo‘li bilan Trampga “kerak emas” degandek to‘xtatuvchi imo-ishora qilgan.  

Ikki yetakchining uchrashuvi 2 oktyabrda Oq uyda bo‘lib o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid