Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi OTM filiali ish boshlaydi
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Filialda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
Zooinjyeneriya;
Veterinariya meditsinasi;
Veterinariya-sanitariya ekspertizasi;
Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.
Filialda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi va qabul qilinadigan talabalar soni respublika OTMlariga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, Filial prezidentning 2019 yil 28 martdagi PQ–4254-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026