Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gennadiy Golovkin yana jahon chempioni bo‘ldi
Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida o‘tgan boks kechasining bosh jangida qozog‘istonlik sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin ukrainalik Sergey Derevyanchenkoga qarshi jang o‘tkazdi. Jangda o‘rtaga IBF va IBO tashkilotlarining chempionlik kamari qo‘yilgandi.
Jang 12 raund davom etgan. 1-raundda Golovkin raqibini yengil nokdaunga yuborgan, biroq ukrainalik bokschi taslim bo‘lishni istamay GGG’ga anchagina muammolar tug‘dirdi.
Jang yakuniga ko‘ra hakamlar bir ovozdan g‘alabani qozog‘istonlik bokschiga berishdi.
Ta'kidlanishicha, ikki bokschi ham jangdan keyin shifoxonaga olib ketilgan. Bu haqda Derevyanchenkoning promouteri Lu DiBella ma'lum qilgan.
Endilikda Golovkinning hisobida 42 ta jangdan 40 ta g‘alaba, bir durrang va bir mag‘lubiyat bor.
What a round in the 10th! #GGGDerevyanchenko pic.twitter.com/XCAIyOgxqa
— Tim - Boxeo Boxen boks 拳闘 Boksing มวย Boks 拳击 (@Hock1717) October 6, 2019
Boks kechasida, shuningdek, o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov navbatdagi jangida kamarini himoya qildi. Madrimovning meksikalik tajribali Alexandro Barreraga qarshi 10 raundlik jangi 5 raunddayoq texnik nokaut bilan nihoyasiga yetdi.
Professional faoliyatidagi to‘rtinchi jangida ham g‘alaba qozongan (barchasida nokaut bilan) Isroil Madrimov WBA Intercontinental chempionlik kamarini birinchi marta himoya qildi.
Mavzuga oid
20:36 / 23.11.2025
Gennadiy Golovkin World Boxing prezidenti etib saylandi
08:22 / 26.05.2021
Gennadiy Golovkinning boks qo‘lqopi 55 million tengega sotildi
16:30 / 01.10.2019
Madrimov shu haftada Nyu-Yorkdagi boks oqshomining asosiy ringida jang qiladi
11:30 / 09.06.2019