Sport | 11:30 / 09.06.2019
37827
2 daqiqa o‘qiladi

Golovkin qaytdi. U yengilmas raqibni nokautga uchratdi

8 iyundan 9 iyunga o‘tar kechasi Nyu-Yorkdagi «Medison Skver Garden» arenasida qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin (38-1-1, 34 KO) kanadalik Stiv Rollsga (19-0, 10 KO) qarshi jangga chiqib, uni to‘rtinchi raunddayoq ringga qulatdi.

Ushbu jang odatda o‘rta vaznda (-72,6 kg) ishtirok etib kelgan Golovkin uchun yangi vazn toifasida (164 funt) o‘tkazildi. 

Golovkin to‘rtinchi raundda raqibning jag‘iga kuchli zarba yo‘llaganidan keyin muddatidan avval yakunlandi.

Shu tariqa, Golovkin 2018 yilning sentyabrida meksikalik bokschi Saul Alvaresdan (Kanelo) uchralgan mag‘lubiyatidan keyin muvaffaqiyatli qaytishni amalga oshirdi. U shuningdek DAZN platformasidagi debyutini zafar bilan boshladi.

U yangi telehamkor bilan 6ta jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuv tuzgan. Shuningdek, bu jang GGG uchun yangi murabbiy Jonaton Benks rahbarligidagi ilk jang bo‘ldi.

37 yoshli bokschi shu vaqtga qadar professional ringda 39 jang o‘tkazdi va shundan 35tasida nokaut bilan g‘alaba qozondi. 35 yoshli Rolls faoliyatida ilk marta mag‘lub bo‘ldi, u shu vaqtga qadar o‘tkazilgan 19 jangining barchasida g‘alaba qozonib, 10tasida raqiblarini nokautga uchratgandi.

Mavzuga oid