Jahon | 09:35 / 08.10.2019
22797
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning yadro raketasi yo‘lovchi samolyoti yonidan uchib o‘tdi (video)

Amerikalik harbiy dengizchilar tomonidan uchirilgan Trident II raketalaridan biri Meksika osmonida yo‘lovchi samolyoti yonidan uchib o‘tdi. Bir oycha avval yuz bergan voqea uchuvchilar tomonidan qayd qilingan. 

Video samolyotning uchuvchilar kabinasidan olingan. Unda raketaning o‘z ortidan yorqin iz qoldirib uchayotganini ko‘rish mumkin.

Uchuvchilar raketaning paydo bo‘lishini “Shimoliy Koreya bu yerda!” deb kutib olishgan.

Ta'kidlanishicha, raketa AQShning Tinch okeanidagi suv osti kemasidan uchirilgan. 

Sinov vaqtida raketa qiya yo‘nalish bo‘yicha uchgan, odatda ular tikkaroq uchadi. Ma'lum qilinishicha, raketalarni bunday yo‘nalishda uchirish nishongacha parvoz vaqtini qisqartiradi. Bundan tashqari, bunda raketani urib tushirish qiyinroq bo‘ladi. 

Rolikda raketa pog‘onalarining ajrashini ko‘rish mumkin, ular yorqin nuqtalar ko‘rinishida aks etgan. 

Raketa 1990 yildan beri termoyadro zaryadlarini nishonga yetkazish uchun xizmat qiladi. 

Mutaxassislar videodagi raketa yangi, kamroq kuchdagi W76-2 jangovar kallagini tashiganini taxmin qilishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid