Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eronda öç oliş maqsadida AQŞdagi obektlarga zarba beriş uçun Vaşingtondan köra köproq sabab borligini aytdi va Eronning 1988 yilda urib tuşirilgan yölovçi samolyotini bunga misol qilib keltirdi.

4 yanvarda AQŞ prezidenti Donald Tramp agar Tehron general Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun öç olişni boşlasa, AQŞ Erondagi 52 ta obektni, jumladan madaniy meros obektlarini nişon ostiga olib qöyganini ma'lum qilgan. 

Tramp bunda 1979 yil AQŞning Tehrondagi elçixonasida yuz bergan voqea vaqtida garovga olingan 52 amerikalikni  nazarda tutgan. Öşanda eronlik isyonçilar guruhi AQŞ elçixonasidagi önlab odamlarni garovga olgan. Ulardan ba'zilarini tezda ozod qilişga muvaffaq bölingan, biroq 52 kişi 1981 yilga kelibgina ozod qilingan.

“Kim 52 soniga tayanayotgan bölsa, 290 soni va IR655 reysini unutmasin. Heç qaçon Eron xalqiga tahdid qila körmang”, deb yozgan Ruhoniy tvitterda bunga javoban.

Ruhoniy 290 soni ostida 1988 yil 3 iyulda Fors körfazi ustida AQŞ raketasi bilan urib tuşirilgan Airbus A300B2-203 yölovçi samolyotini va öşa voqeada halok bölganlarni nazarda tutgan. Iran Air aviakompaniyacining bortida 290 kişi bölgan samolyoti Tehrondan Dubayga uçayotganda AQŞning Vincennes kreyseridan uçirilgan “yer-havo” turidagi raketa bilan urib tuşirilgan. Hujum oqibatida samolyotdagi barça odam – 274 yölovçi, jumladan 65 bola va ekipajning 16 a'zosi halok bölgan.