And toğlarida mavhum 72 kun: halokatga uçragan samolyot yölovçilari öliklarning göştini yeb jon saqlagan
|20:21 / 29.01.202264 50515 min
50 yil muqaddam Urugvay poytaxti Montevideodan Çili poytaxti Santyagoga uçayotgan yölovçi samolyoti noqulay ob-havo tufayli And toğlari çöqqisi uzra halokatga uçraydi. Samolyot bortidagi 45 kişidan 12 nafari öşa zahoti halok böladi. 72 kundan keyin qutqaruvçilar yetib borganda yölovçilardan faqat 16 kişi tirik qolgandi.
1972 yil 13 oktyabr kuni salonida ekipaj a’zolari bilan birga 45 kişi bölgan samolyot noqulay ob-havo tufayli And toğlarining tepasida, dengiz sathidan 3600 metr balandlikda halokatga uçraydi. Odamlarning qariyb yarmi öşa zahoti halok böladi. Qolganlar esa oçlik va sovuq havoda çorasiz qolişadi va halok bölganlarning göştini yeb, jon saqlaşadi. Voqeadan 72 kun ötib qutqaruvçilar yetib borganda faqat 16 kişi tirik qolgan edi.
Foto: www.alamy.com
Arzon samolyot
Urugvayning «Old Cristians» regbi jamoasi Çilining «Old Boys» jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkaziş uçun Santyago şahriga parvoz qilişi kerak edi. Jamoaning mablaği kam bölgani uçun ular arzonroq samolyot izlaşadi va Urugvay harbiy havo kuçlariga qaraşli Fairchild FH-227D samolyotini ijaraga olişadi. Yölkira yanada arzon tuşişi uçun jamoa vakillari öz oila a’zolari va döstlarini ham jamoani qöllaş uçun Çiliga birga borişga taklif etişadi.
Foto: www.weixinydu.com
1972 yil 12 oktyabr kuni Urugvay poytaxti yaqinidagi Karrasko xalqaro aeroportidan bortida 40 nafar yölovçi va 5 nafar ekipaj a’zolari bölgan samolyot havoga kötariladi.
Samolyot And toğlariga yaqinlaşganda yomon ob-havo tufayli Argentinaning Mendosa şahriga favqulodda qönadi. Bir neça soatda ham ob-havo özgarmaydi va yölovçilar hamda ekipaj şu şaharda tunab qoladi. Jamoa belgilangan öyinga keçikmaslik uçun şoşilayotgandi, şu bois ertasi kuni ularga parvozga ruxsat berişadi. 13 oktyabr kuni tuşda samolyot yana havoga kötariladi.
Halokat
Ekipaj komandiri noqulay ob-havo tufayli Santyagoga belgilangan yönaliş böyiça emas, biroz janubroqdan, Mendosa toğlarini aylanib uçişga qaror qiladi. Bu orada u Argentinaning Malargue şahri aeroporti dispetçeriga Plançon dovoniga yaqinlaşayotgani haqida xabar beradi.
Foto: Filmdan lavha
Dispetçer ularni baland toğlardan ötib olgan, deb öylaydi va pastlaşga ruxsat beradi. Uçuvçilar Çilining Kuriko şahri tepasidan ötdik deb öylaşadi va samolyot pastlab uça boşlaydi. Keyinçalik, uşbu qaror jiddiy xato bölgani va samolyot hali Kurriko şahriga yetmasdan, toğlar tepasida uçayotganda pastlagani ma’lum böladi.
Mavzuga oid
Samolyot qor böroni içida uçib borar ekan köriş darajasi nol darajaga yetadi. Uçuvçilar uni tavakkal bilan boşqaradi. Samolyot börondan çiqib olganda uçuvçilar öz qarşisida toğ qoyasini köradi. Bu paytda samolyotni qutqariş imkonsiz edi.
Uçuvçilar samolyotni burişga urinişadi va uning old qismini töqnaşuvdan olib qoçişadi. Qoyaga uning avval qanoti, söng dum qismi tegadi. Şundan söng samolyot qulab tuşadi.
Foto: Filmdan lavha
«Taxminan 90 daqiqalik parvozdan söng biz havo böşliğiga urildik. Keyin yana navbatdagisiga undan ham qattiqroq urildik va men uçuvçining «Menga kuç bering», deb baqirganini eşitdim. Samolyot tik qoya röparasida turganini va biz töğri toğ tomon ketayotganimizni his qildim. Keyin qattiq zarba böldi va samolyotning qanoti toşga urildi. Boşimni oyoqlarim orasiga qöyib, 24 yoşimda ölib ketişimga işonib, közlarimni yumdim», deb eslagandi, tirik qolganlardan biri keyinçalik.
Samolyot tumşuği bilan qalin qor ustiga qulab tuşadi va şu joyda qanotlari va dum qismi uzilib tuşadi. Söng quyiga qarab sirpanib ketadi. Şu uni portlaşdan saqlab qoladi. Samolyot toğ tepasidagi yalanglikda töxtaydi.
Samolyot qulab tuşgan paytda 12 kişi undan otilib çiqib ketadi va halok böladi. Jarohat olgan 5 kişi ertasi kuni vafot etadi. Hodisadan bir hafta ötib yana bir kişi vafot etadi. Şu tariqa 45 kişidan 27 kişi tirik qoladi. Ularning 3 nafari turli darajada tan jarohatlari olgandi.
Foto: www.scshuokang.com
Regbi jamoasi şifokori halokatda vafot etadi, şuning uçun uning vazifasi tibbiyot kollejida birinçi kursda öqiyotgan ikki regbiçi zimmasiga tuşadi. Ular şoşilinç tez yordam burçagini taşkil qilişadi va yarador bölganlarni öşa yerga yotqizişadi.
Dengiz sathidan 3600 metr balandlikda havo juda sovuq, buning ustiga oziq-ovqat yöq edi. Şu sababli tirik qolganlar darhol jon saqlaş uçun tadorik köra boşlaşadi va samolyotning oçilib qolgan dum qismini çemodanlar bilan tösişadi.
Ular samolyotdan radiopriyomnik topib olişadi va özlarini qidirişayotganini eşitişadi. Bu tirik qolganlarga umid beradi va ular özlarini tezda qidirib topişlariga işonişadi. Ammo unday bölmaydi. Oradan bir hafta ötgaç, noqulay ob-havo tufayli bedarak ketgan samolyotni topişning imkoni bölmagani, şu sababli qidiruv işlari töxtatilganini e’lon qilişadi. Bu xabar sovuq va oçlik qarşisida tobora yengilayotgan insonlarni umidsizlikka tuşiradi.
«Bu dahşatli zarba edi. Tirik qoliş umidi puçga çiqdi. Darhaqiqat, najot kutiş, umid qiliş tentaklik edi. Men qutulib ketişning iloji yöqligini bilardim. Lekin içki ovoz meni kuraşga çorlardi. Faqat bitta variant bor edi — toğlarga qarşi çiqiş. Endi avvalgidan ham qattiqroq qat’iyat bilan men bu joyni tark etiş uçun kuraşni heç qaçon töxtatmasligim haqida öylay boşladim. Har qanday oşiqça harakat ham meni halok qilişi mumkin edi. Ammo menda toğlarni tark etiş istagi kuçli edi», degan edi tirik qolganlardan biri, keyinçalik.
Natijasiz tugagan qutqaruv operatsiyalari
Samolyot radarlardan yöqolişi bilan uçta davlat — Argentina, Urugvay va Çili zudlik bilan qidiruv harakatlarini boşlaydi. Havoga har uç davlatdan qutqaruv samolyotlari va vertolyotlari kötariladi.
Samolyotning belgilangan yönalişdan çetga çiqib, boşqa yönalişdan uçgani qidiruvçilarni çalğitadi. Ular samolyot qulab tuşgan joyni emas, balki u uçişi lozim bölgan yönaliş böylab boşqa joylarni qidirişadi. Oqibatda qidiruv harakatlari natijasiz tugaydi va qulab tuşgan samolyotni topişning iloji bölmaydi.
Buning ustiga, samolyotning rangi oq bölib, hatto havo oçiq bölganda ham qorlar orasida uni payqaş qiyin edi.
Sakkiz kundan söng qidiruv harakatlari töxtatiladi. Şu tariqa halokatdan tirik qolganlar oziq-ovqatsiz, issiq kiyimsiz, kislorod siyrak bölgan toğ tepasida taşqi dunyodan uziladi.
Yaşaş uçun kuraş yölida qörqinçli qaror
Halokatdan tirik qolganlarda bir neça bölak şokolad va yana ozroq mayda-çuydalardan boşqa heç narsa yöq edi. Ularni tejaş uçun kiçik qismlarga taqsimlab çiqişadi. Samolyot bölagini quyoş tiğiga qöyib unda qor eritişadi va şu tariqa suv muammosi hal böladi.
Foto: www.alamy.com
Qançalik tejaşmasin, oziq-ovqat bir neça kunda tugaydi. Şundan söng ularning oldida ikkita yöl qoladi — ölib ketiş yoki vafot etganlarning göştini yeb jon saqlaş.
Vafot etganlarning göştini yeyiş masalasi ança muhokama qilinadi. Tirik qolganlarning aksariyati avvaliga bunga mutlaqo qarşi çiqadi. Ammo boşqa çora yöqligi uçun ular ham bu işga könişadi. Inson göştini yeyişda ikkita şart qöyiladi: tirik qolganlarning qarindoşlari yeyilmaydi va göştni kesib kelgan odam uni kimning jasadidan olganini aytmaydi.
«Öliklarni yeyiş qarori bizning özgarişlarimizdagi sönggi hal qiluvçi qadam böldi. Gunohsiz ötgan kunlar bilan sönggi vidolaşuv. Biz qörquvimiz çegaralarini çetlab ötdik. Protein (oqsil) omon qolişimizga yordam berişini, agar qarorimizni keçiktirsak, oçlikdan qutuliş uçun juda zaif bölib qolişimizni ham bilardik. Biz ortiq kuta olmasdik, aks holda tanadagi özgarişlarni asl holiga qaytarib bölmasdi», degandi tirik qolganlardan biri, keyinçalik.
Yana bir dahşatli sinov
Halokatdan 16 kun ötib, 29 oktyabr kuni tirik qolganlar samolyot içida uxlab yotgan paytda ularning yaqinida joylaşgan çöqqidan qor köçadi. Kuçli zarba bilan kelib urilgan qor samolyotni kömib qolişdan taşqari, çemodanlardan tiklangan devorni yiqitib, uning içiga ham ötib ketadi. Oqibatda barça qorga kömilib qoladi.
Şundan söng tirik qolganlar 3 sutka davomida samolyot içida qolib ketişadi. Hammayoq yopilib qolgani uçun samolyot içida nafas olişning iloji bölmaydi va yana 8 kişi vafot etadi. Şunda ulardan biri qor kamroq bölgan uçuvçilar kabinasi tarafdan qorni tozalaydi va taşqariga yöl oçadi. Şu tariqa u boşqalarni böğilib qolişdan asrab qoladi.
Foto: fb.ru
Tirik qolganlarga qor köçkisining nafi ham tegadi. Köçkigaça ular özlarini sovuqdan asraş uçun bir-birlarini quçoqlab yotişardi. Qor bilan kömilib qolgan samolyot böronlar va kuçli şamollardan pana joyga aylanadi va endi oldingidan ança issiq böladi.
Omon qoliş uçun harakat
Tirik qolganlar özlari harakat qilişmasa ularni qutqarişga heç kim kelmasligini anglab turişardi. Şu uçun ular qor köçkisidan avval nima qilib bölsa ham toğ tepasidan tuşib pastdagilarga halokat joyi haqida xabar beriş va şu yöl bilan qutulib qolişni öylaşadi. Aks holda tirik qolişning boşqa yöli yöq edi.
Foto: www.las2orillas.co
Pastga tuşişga tört nafar nomzod tanlanadi. Ularga issiq kiyim kerak edi. Şu sababli uç kişi avval tepaga, samolyotning dumi uzilib tuşgan joyga çiqib borişadi va u yerdan oziq-ovqat va kiyimlar topişadi.
Pastga tuşiş uçun tanlanganlar Kuriko şahridan biroz ötib halokatga uçraganmiz deb öylaşadi va ğarbga yurişni rejalaştirişadi. Aslida esa ulr And toğlarining Argentinaga tegişli qismida halokatga uçraşgandi.
Biroz yöl yurişgaç ulardan biri qonga mikrob tuşib zaharlaniş oqibatida vafot etadi. Qolgan uç kişi ham ikki kun yöl bosgaç kuçli sovuq va qor böronlariga duç kelib, ortga qaytişga majbur böladi. Ularda uxlaş uçun maxsus qoplarning yöqligi yölda davom etişga imkon bermaydi.
Foto: www.infobae.com
Pastga tuşmoqçi bölganlar ortga qaytgaç yana qaytadan safarga tadorik köra boşlaşadi. Ammo 29 oktyabrda sodir bölgan köçki ularning rejasini bir neça ön kunga ortga surib yuboradi.
Ular noyabr oyining oxiriga kelib qaytadan safarga tayyorgarlik köra boşlaşadi. Bu safar ular turli kiyimlardan uxlaş uçun maxsus qoplar tikişadi.
Najotga yöl
1972 yil 12 dekabr kuni uç kişi samolyot halokatidan omon qolganlar haqida xabar beriş va yordam söraş uçun Çili tomon yöl olişadi. Uçinçi kun ulardan biri ortga qaytişga majbur böladi. Pastga ikki kişi tuşa boşlaydi.
Ular töqqiz kun davomida oğir yöl bosişadi. Notaniş joylarda, yöllardagi maşaqqat va qiyinçiliklarga qaramasdan kasal hollarida toğdan tuşib vodiyga yetib borişadi.
Safarning töqqizinçi kuni ular yölda çöponni uçratişadi va unga halokatdan omon qolganlar toğ tepasida jon saqlayotganini aytişadi. Çöpon ularga turgan joylarida uni kutişlarini aytib qişloq tomon ketadi. Söng hukumatga halokatga uçragan samolyotning ikki nafar yölovçisini uçratgani haqida xabar beradi.
Foto: www.blick.ch
1972 yil 22 dekabr kuni qutqaruv operatsiyasi boşlanadi. Yomon ob-havo tufayli bu iş qiyin keçadi. Tirik qolgan 16 kişi ikki kun davomida vertolyotlar bilan evakuatsiya qilinadi. Kislorod kam bölgan balandlikda töyib ovqatlanmagan va sovuqdan aziyat çekkanlarga tezda tibbiy yordam körsatiladi.
Halokatdan omon qolganlarni qutqarişgani haqida xabarlar tarqalgaç, ularning tirik qolişlari sababi keng muhokama qilina boşlaydi. Mahalliy gazetalar tirik qolganlar aynan nima bilan ovqatlangani haqida yoza boşlaydi. Odamlar ularni inson göştini yeyişgani uçun ayblay boşlaydi. Şunda katolik ruhoniy ular tirik qoliş uçun bu işga majbur bölganini aytib, OAVda çiqiş qiladi. Şundan söng tanqidlar töxtaydi. Keyinçalik halokat joyiga yodgorlik örnatiladi va halok bölganlarning jasadlari dafn qilinib yodgorlik örnatiladi.
Foto: thechive.com
Oradan biroz ötib, tirik qolganlar muolaja olib bölganidan keyin matbuot anjumani taşkil etiladi va ular öşanda nimalar bölganini batafsil aytib berişadi. Keyinroq bu hodisa haqida bir neçta kitoblar yoziladi. Filmlar işlanadi. Tirik qolgan 16 nafar insonning taqdiri keyinçalik turliça keçadi. Ulardan biri Roberto Kanessa 1994 yilda Urugvay prezidentligi uçun öz nomzodini qöyadi va saylovlarda yutqazadi.
«Döstlarim va oilam boşimdan nimalar ötganini tuşunişlari uçun ança yil kerak böldi. Safimizda bölmaganlarga hayotimizning bir bölagi bölgan öşa hodisa haqida gapirib berişdan naf yöq edi. Hatto jurnal va gazetalarga intervyu berganimda yoki halokat haqida olingan hujjatli filmlarda qatnaşganimda ham, men begonalarga barça tafsilotlarni gapirib berişdan tiyildim. Odamlar bilişi kerak bölgan hamma narsa «Tiriklar» kitobida mohirlik bilan yoritilganiga işondim. Töğri, kitobda biz duç kelgan sinovlar haqida töliq yozilmagan. Öquvçilar içki kuraşlarim yoki meni tirik qoldirgan hayajonli his-tuyğularim haqida tasavvurga ega emas. Lekin baribir men bunday narsalarga çuqur kirib borişni xohlamadim. Mayli öquvçilar özi xohlagan sarguzaştlarga ega bölsin. Men esa eng samimiy va oğriqli xotiralarni özim uçun saqlab qolaman», — degandi tirik qolganlardan biri keyinçalik bergan intervyusida.