Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Biz korrupsiyaga qarshimiz!» Asakadagi sayilgoh «adolatchilar» bilan to‘ldi
Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat huquq-tartibot idoralari xodimlarining, ayni vaqtda jamoatchilikning ham asosiy vazifasiga aylandi. Chunki jinoyatchilikning bu turi jamiyatda nosog‘lom muhitning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat kengashi tashabbusi bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan aksiya ayni shu maqsadga qaratildi.

Andijon shahar ko‘chalarida yoshlarning “Biz korrupsiyaga qarshimiz!”, “Korrupsiyaga yo‘l yo‘q!” deya hayqirishlari yurtdoshlarimiz e'tiborini tortdi. Faol yigit-qizlar barchani Asaka tumani markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga boshladi. Sayilgoh jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘lida bir kuchga aylangan “adolatchilar” bilan to‘ldi.

– Partiyamizning saylovoldi dasturi loyihasida huquqiy yo‘nalishga alohida e'tibor qaratilgan, – deydi O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat kengashi raisi Madaminjon Mo‘minov. – Jumladan, biz poraxo‘rlikka qarshi murosasiz kurashamiz. Qayerda poraxo‘rlikka yo‘l qo‘yilsa, ana shu joyda rivojlanish bo‘lmaydi. Qolaversa, ma'naviy muhit buziladi. Bu borada yoshlar bilan alohida ish olib borayotganimiz bejiz emas. Ularni qanchalik sog‘lom ruhda tarbiyalasak, ertaga bu o‘z natijasini beradi.
Yosh aktyorlarning teatrlashtirilgan chiqishlarida ham bu illatga berilgan kishilarning ertasi yo‘qligi, unga qarshi kurashish va jamiyatimizning rivoji o‘z ifodasini topdi.
Kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarni birlikka, har qanday jinoyatchiliklarga qarshi murosasiz kurashishga chaqirdi.
– Ba'zida oliygohlardagi poraxo‘rlik xaqida so‘z yuritiladi, – deydi tadbir ishtirokchisi Alisher Iminov. – Bunga kim yo‘l ochyapti? Albatta, o‘zimiz. Agar talaba o‘z ustida ishlasa, bilim olsa uni hech kim boshqa yo‘lga boshlamaydi. Qaytanga, o‘sha ayrim pulga ruju qo‘ygan ustozlar ham talaba bilan hisoblashishga, uning bilimini tan olishga majbur bo‘ladi.
Tadbir amfiteatrda tashkil etilgan “Biz bir kuchmiz!” shiori ostidagi gala-konsertga ulandi.








Akbarjon Nazarov, Andijon.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:13 / 20.01.2024
Robaxon Mahmudova «Adolat» partiyasi raisi etib saylandi
18:09 / 14.12.2019
Barcha sudlarni bitta sudga birlashtirmoqchimiz - Farhod Eshonqulov
10:09 / 09.09.2019
Partiyalardan biri OTMga qabul kvotasini bekor qilish taklifi bilan chiqdi
14:36 / 28.10.2017