2017 yilning 28 oktabr kuni Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining “Tozalik yölida birlaşaylik” loyihasi doirasida Çilonzor tumani “Baynalmilal” köçasining “Kamolon” köprigidan “Oqtepa” köprigigaça bölgan qismini köngillilar tomonidan haşar yöli bilan tozalaş işlari taşkil etildi.
Haşarda avtomobil yöli va kanalning yon atrofidagi mahallalar fuqarolari, şu qatorda joylaşgan idora va muassasalar vakillari, partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşidagi deputatlari, partiya faollari, tibbiyot (DSENM) muassasalari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda mahalliy hokimliklar vakillari iştirok etdi.
Ma'lumki, azaldan ota-bobolarimiz obodonlaştiriş işlariga alohida e'tibor qaratib kelgan. Albatta, bu ezgu işlarni amalga oşirişda xalqimizga xos bölgan haşarning örni katta. Şu bois partiya taşabbusi bilan ötkazilgan haşarda hamşaharlar erta tongdan öz uyi, mahallasi, özi istiqomat qilayotgan turar joy atrofini obodonlaştiriş, ozoda va pokizaligini saqlaşda faol iştirok etdilar.

Şu örinda ta'kidlaş joiz, Özbekiston “Adolat” SDP saylovoldi dasturida közda tutilgan maqsad-vazifalardan kelib çiqib, mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda atrof-muhit ifloslanişining oldini oliş, aholi salomatligini himoya qiliş maqsadida taşkil etilgan “Tozalik yölida birlaşaylik” loyihasi fuqarolarda şahar-qişloqlarimizni toza saqlaşga bölgan daxldorlik xissini oşiriş, xususan, ularni köngilli ravişda, haşar yöli bilan atrof-muhitning tozaligini ta'minlaşga safarbar etiş, yurt obodligi yölida yoşlarni birlaştiriş, ularning tarbiyasida tozalik orqali tibbiy madaniyatni şakllantirişga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida taşkil etilgan dastlabki köngillilar haşarida mahalla fuqarolari, şu hududda joylaşgan taşkilot va muassasalar vakillari, partiya faollari hamda obodonlaştiriişga mas'ul bölgan taşkilotlar xodimlari faol iştirok etdilar. Haşar davomida azim Toşkent şahrining qon tomiri sanalgan anhor ariğining “Kamolon” köprigidan “Oqtepa” köprigigaça bölgan ikki kilometrdan ortiq masofadagi qismi yiğilib qolgan turli çiqindilar, şox-şabba va xazonlardan tozalandi. Partiya taşabbusi bilan ötkazilayotgan bunday köngillilar haşarlari respublikning barça hududlari böylab davom ettirilişi nazarda tutilgan.












